
365 Kunga 365 Ibratli Hikoya (А4.5, qattiq) 304 bet
Yorqinjon Saidaliyev
Bosh sahifa / Kitoblar / Жаҳон адабиёти / Yashamoq sokinlik istar (A5,yumshoq) 207 bet
.jpg)
Muallif: O'zgur Bajaksiz
Nashriyot: Factor Books
Sahifalar soni: 207
Muqova: Yumshoq
Alifbo: O'zbek
Kitob tili: O'zbek
Bo'lim: Жаҳон адабиёти
Juda ko‘p ishlayapsiz, lekin hech narsaga ulgurmayapsizmi? Tashvishlaringizga barham berishga tirishganingiz sari ular ortib boryaptimi? Bir dam to‘xtang. Nafasingizni rostlang va turk essenavisi O‘zgur Bajaksizning xotirjamlik orqali hayot halovatini tuyish borasidagi mulohazalariga quloq tutib ko‘ring. Iqtiboslarni hayotingizga tatbiq qiling, tavsiyalarga amal qilishga urining. Eng muhimi, o‘zingizni chuqurroq tadqiq eting, hayotingiz haqida jiddiyroq fikr yuritishni boshlang. Darhaqiqat, hayot shiddatli. Uni mutanosib jadalliksiz, mehnatu muvaffaqiyatlarsiz yashab o‘tish ham ravo ko‘rilmaydi. Shunchaki o‘zimizni tartibga solishimiz, imkoniyatlarimizga to‘g‘ri baho berishimiz, xotirjam holda bir qur o‘ylab olishimiz har doim muhim. Umid qilamizki, bugungi shoshqin ijtimoiy hayotimizda ayni mavzudagi ushbu kitob o‘zbek o‘quvchilarini befarq qoldirmaydi.
5 dona xarid qilish mumkin