Biz haqimizda
Barakot - Namangandan boshlangan, butun O'zbekiston bo'ylab kitob yetkazib beruvchi kitob do'koni. Uzoq yillardan beri chakana va ulgurji savdo bilan xizmat qilib, 2021-yildan onlayn savdoni ham yo'lga qo'ydik.
Bizning tarix
Barakot Namangan shahrida kitob do'koni sifatida tashkil etilgan va yillar davomida Namanganning eng yirik kitob yetkazib beruvchilaridan biriga aylangan. 2021-yilda biz onlayn savdoni yo'lga qo'yib, barakot.uz saytini ishga tushirdik. Bugun biz minglab xaridorlarga chakana, ulgurji va onlayn savdo orqali xizmat ko'rsatmoqdamiz.
Bizning maqsadimiz - har bir o'zbek oilasiga sifatli kitoblarni qulay narxda va tez yetkazib berish.
Raqamlarda
Nimalar bilan shug'ullanamiz
Chakana savdo - do'konlarimizda va onlayn saytimiz orqali kitoblarni yakka tartibda sotamiz. Badiiy adabiyot, bolalar kitoblari, o'quv adabiyotlari va boshqa ko'plab turkumlar mavjud.
Ulgurji savdo - maktablar, kutubxonalar, kitob do'konlari va boshqa tashkilotlar uchun ulgurji narxlarda kitob yetkazib beramiz. Ulgurji buyurtmalar uchun alohida sahifaga qarang.
Onlayn savdo - barakot.uz sayti va mobil ilovamiz orqali butun O'zbekiston bo'ylab kitob sotamiz va yetkazib beramiz.
Do'konlarimiz
Namangan - Sardoba
"Sardoba" bozori podvali, 2-do'kon
Namangan shahri
Namangan - G'ishtko'prik
G'ishtko'prik hududi, "Kitoblar" do'koni
Namangan shahri
Toshkent
A. Navoiy, 40, Toshkent kitob markazi
Barakot do'koni
Biz bilan bog'laning
Savollaringiz bormi? +998 (90) 690 20 20 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki mybarakot@gmail.com manziliga yozing.