Bosh sahifa / Kitoblar / Жаҳон адабиёти / Telba (А5, yumshoq) 784 bet

Telba (А5, yumshoq) 784 bet

Telba (А5, yumshoq) 784 bet

Muallif: Fyodor Dostoyevskiy

Nashriyot: Bukhara Books

Sahifalar soni: 784

Muqova: Yumshoq

Alifbo: O'zbek

Kitob tili: O'zbek

Bo'lim: Жаҳон адабиёти

1

Tavsif

Eʼtiboringizga havola etilayotgan roman – “Telba”ni turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Nashriyotimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu yirik asar 35 yillik tanaffusdan so‘ng o‘z o‘quvchilari bilan qaytadan diydor ko‘rishdi. Asarning qimmati nimada? Nima uchun “Telba”ni o‘qigan kitobxon daho ijodkor – Dostoyevskiy ijodiga qayta murojaat qilishga o‘zida kuchli maʼnaviy ehtiyoj sezadi? Kitob qahramoni telba, darvish bo‘lgani holda o‘quvchini qaysi jozibasi bilan o‘ziga tortadi? Javoblar bisyor. Hamma zamonlarda bo‘lgan, hamma zamonlarda uchraydigan – manfaatparast, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik mohiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo‘lolgan, buyuk qalbi bilan yashagan knyaz Mishkin (telba); hayotining o‘ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go‘l va zaif ko‘ringan qahramonimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asarning tayanch qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o‘quvchining diqqat markazida turadi. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan daʼvat, tuyg‘ularni eʼzozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi taʼkidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi.

Izohlar

Fyodor Dostoyevskiy

Sizga yoqishi mumkin

Telba (А5, yumshoq) 784 bet | Barakot