
365 Kunga 365 Ibratli Hikoya (А4.5, qattiq) 304 bet
Yorqinjon Saidaliyev
Bosh sahifa / Kitoblar / Жаҳон адабиёти / Siz yonimda bo'lsangiz, kifoya (А5, yumshoq) 224 bet

Muallif: Alishan Kapalikaya
Nashriyot: ZUKKO KITOBXON
Sahifalar soni: 224
Muqova: Yumshoq
Alifbo: O'zbek
Kitob tili: O'zbek
Bo'lim: Жаҳон адабиёти
Ushbu kitobimni yozish uchun xonamga qamalib olgan kunim ma'naviy ustozim - qizim Zuhal yonimga kirib: Dada, esingizdami, tilingizdan tushmaydigan doimo bir gapingiz bor... - dedi. Qaysi biri, gizim? "Ta'lim o'quvchiga hurmat bilan boshlanadi", - derdingiz. Shunaga, qizim. Men ham shuni aytmoqchimanki, yozuvchilik kitob-xonga hurmat bilan boshlanadi. Qanaqasiga, gizim? Kitobingizning birinchi sahifasidayoq ko'zlariga boqish uchun kitobxondan izn so'rang. Qizim bergan mana shu ajoyib ilhom bilan aytamanki, agar izn bersangiz, avvalo ko'zlaringizga boqishni, keyin esa qalbingizga mehmon bo'lishni istayman. Izn berasizmi? Ba'zan so'rashdan qo'rqib, sukut saqlashingizga majbur qilgan savollarning, ong-u miyangizni egallagan shovqinini boshqalardan yashirgan paytlaringiz bo'lganmi? Aytgancha, sizning ham akangiz yoki ukangiz bormi? Ular bilan urishib qolganmisiz? Jahlingizni chiqarganda kaltaklaganmisiz? Ularning o'yinchoqlarini yerga urib sindirganmisiz?Ba'zan ichingizdan "shu jonga tegadigan bola o'Isa-yu, men qutulsam" degan fikrlar o'tganmi? Hozir bu satrlarni o'qiyotgan ekansiz, darhol o'rningizdan turing, ularning yoniga boring, sevishingizni ayting va bag'ringizga bosing. Ular sog'-salomat va yoningizda bo'lgani uchun Yaratganga beadad shukrona ayting.
60 dona xarid qilish mumkin