
101 ҳадис (с) (А5, қаттиқ)
Анвар Аҳмад
Bosh sahifa / Kitoblar / Ўзбек адабиёти / Quyosh hali botmagan (qissa va hikoyalar) (А5, yumshoq) 192 bet
%20(%D0%905%2C%20yumshoq)%20192%20bet.jpg)
Muallif: Luqmon Bo'rixon
Nashriyot: Read book nashriyoti
Sahifalar soni: 192
Muqova: Yumshoq
Alifbo: O'zbek
Kitob tili: O'zbek
Bo'lim: Ўзбек адабиёти
“Quyosh hali botmagan” qissasida adib yoshlarning turfa sarguzashtlari, hayot so‘qmoqlarida duch kelgan sinovlari, jasorat, mardlik va muhabbat mojarolaridan hikoya qiladi. Asar keng kitobxonlar hamda o‘smir-yoshlar ommasiga mo‘ljallangan. Luqmon Bo`rixon turli mavzularda qalam tebratgan yozuvchilar sirasiga kiradi. “Quyosh hali botmagan” qissasi pokiza his-tuyg`ular qurshovidagi yosh yigitlar hayotidan hikoya qilinib, voqealar o`zbek polvonlik san`ati bilan qorishtirib tasvirlanadi. O`ziga xos ifoda yo`sini, qahramonlar o`rtasidagi konflikt va kutilmagan yechim qissaning badiiy qimmatini yanada oshiradi. Qissada roviy vazifasini Norsoat bajaradi. Voqealar rivoji Absal polvon obrazi ta`kidi bilan davom etadi. “Biz Absal polvonni hali tanimas edik” (qahramonlarning yoshlik davri), “Biz Absal polvondan uzoqlashgan edik” (o`rta maktab davri), Biz Absal polvonni unutgan edik” (ayni o`smirlik davri, shu vaqtda qissadagi konflikt namoyon bo`ladi), “Biz Absal polvonni mangu yo`qotib qo`ydik” (yechim). Ayni mana shu ta`kidlar ham asarning ifodaviyligini oshirgan.
28 dona xarid qilish mumkin