
101 ҳадис (с) (А5, қаттиқ)
Анвар Аҳмад
Bosh sahifa / Kitoblar / Жаҳон адабиёти / Qaytish (А5, qattiq) 320 bet

Muallif: Erix Mariya Remark
Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
Sahifalar soni: 320
Muqova: Qattiq
Alifbo: O'zbek
Kitob tili: O'zbek
Bo'lim: Жаҳон адабиёти
Erix Mariya Remarkning "Qaytish" romani mashhur "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" romanining o'ziga xos mantiqiy davomidir. Urush maydonlarida tirik qolgan yigitlar endi tinch hayotga qaytib, jamiyat bag'rida o'rin topishga urinadilar. Biroq ularni kutgan dunyo ham, odamlar ham o'zgargan - kechagi jasur askarlar bugungi kunning begonalariga aylanib qolgan. Asarda inson ruhiyatining urushdan keyingi parchalanishi, yo'qotishlar og'rig'i va ma'nosini yo'qotgan hayotning bo'shlig'i chuqur tasvirlanadi. Remark qahramonlari nafaqat tirik qolish uchun, balki ruhan yashash, qaytadan inson bo'lib qolish uchun ham kurashadilar. "Qaytish" - urushdan omon qaytgan avlodning tragediyasi hagidagi roman. U inson va jamiyat munosabatlari, xotira va dard, umid va iztirob haqida so'zlaydi. Remarkning qalamidagi samimiylik va dardli poetik ohang bu asarni XX asr adabiyotining eng ta'sirli sahifalaridan biriga aylantiradi.
14 dona xarid qilish mumkin