
365 Kunga 365 Ibratli Hikoya (А4.5, qattiq) 304 bet
Yorqinjon Saidaliyev
Bosh sahifa / Kitoblar / Жаҳон адабиёти / Oy va chaqa (А5, qattiq) 272 bet

Muallif: Somerset Moem
Nashriyot: Akademnashr
Sahifalar soni: 272
Muqova: Qattiq
Alifbo: O'zbek
Kitob tili: O'zbek
Bo'lim: Жаҳон адабиёти
Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, o‘zining yashirin shaxsiyatiyu asl “men”ini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun keskin burilish yasashga kuch topishi va qatʼiy qaror qabul qilishiga hech narsa, hatto vaqt ham to‘sqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyiliga aldanib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qo‘ygan qobiqlar, zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy bo‘lib qolgan qoliplardan xalos bo‘ling. Eng muhimi, o‘zligingizga qarshi yashamang. Asar nima haqida ekanligini payqagandirsiz?! Romanning bosh qahramoni qirq yoshli Charlz Striklend asli savdo olami kishisi bo‘lsa-da, o‘zida sanʼatga nisbatan ilohiy kuch mujassam ekanligini avvalboshdan his etardi. Bu yo‘lda u hatto oilasini tashlab, Parijga bosh olib ketadi. Striklend, tom maʼnoda ilohiy qobiliyat sohibi edi, lekin sanʼat undan yaxshigina badal ham talab qiladi. Uning o‘z ayoli va farzandlarini yolg‘izlatib ketishi hamda og‘ir damda ko‘makdosh bo‘lgan qadrdoni Dirk Struve yaxshiliklariga aks taʼsir ko‘rsatishi, ayni paytda Blansh Struve muhabbatiga nisbatan adolatsizligi, uning hayotiga zomin bo‘lishi rassom qismatining naqadar murakkab ekanini ko‘rsatadi.
15 dona xarid qilish mumkin