Bosh sahifa / Kitoblar / Жаҳон адабиёти / Kapitan Grant bolalari (A5,yumshoq) 685 bet

Kapitan Grant bolalari (A5,yumshoq) 685 bet

Kapitan Grant bolalari (A5,yumshoq) 685 bet

Muallif: Jyul Vern

Nashriyot: Asaxiy books

Sahifalar soni: 685

Muqova: Yumshoq

Alifbo: O'zbek

Kitob tili: O'zbek

Bo'lim: Жаҳон адабиёти

1

Tavsif

Buyuk fransuz yozuvchisi, zamonaviy fantastika otasi hali hayotligidayoq afsonaga aylanib ketgan insonlardan biri edi. Zamondoshlari uni “tinim bilmas sayohatchi” deb hisoblasalar, kimlardir uni “dengizchi, kema kapitani” deb oʻylashar, yana kimlardir “koʻchirmakash yozuvchi” deb gʻiybat qilar, boshqalar esa, “bunaqa yozuvchi yoʻq. Jyul Vern - bu geografik jamiyatning nomi. Ana shu tashkilotning aʼzolari shu nom ostida kitoblar yozadilar”, deb isbotlashga urinadilar. Aslida esa, Jyul Vern yozib charchamaydigan yozuvchi edi. U faqat ijod ogʻushidagina xordiq chiqarardi. 60 yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida tinimsiz yozdi va adabiyot ixlosmandlariga, avlodlarga 97 kitobni meros qilib qoldirdi. 1864-yil 26-iyulda lord Eduard Glenarvanga tegishli yaxta matroslari ulkan bolgʻa baliqni tutib oldilar. Och koʻz baliq butunicha yutib yuborgan shisha ichidan ingliz, nemis va fransuz tillarida yozilgan hujjat chiqdi. Dengiz suvi chirita boshlagan bu qogʻozlardan aniqlanishicha, ikki yil oldin gʻoyib boʻlgan “Britaniya” kemasi halokatga uchragan. Ekipaj kapitani Grant va ikki dengizchi esa tirik qolgan... Siz, aziz kitobxon, hozir ana shunday ulugʻ adibning ajoyib asarini oʻqishni boshlamoqchisiz. Zerikmay oʻqib chiqasiz, adolat uchun kurashuvchilarning mardona hayotlari sizni befarq qoldirmaydi, deb oʻylaymiz.

Izohlar

Jyul Vern

Sizga yoqishi mumkin

Kapitan Grant bolalari (A5,yumshoq) 685 bet | Barakot