
101 ҳадис (с) (А5, қаттиқ)
Анвар Аҳмад
Bosh sahifa / Kitoblar / Тарихий асарлар / Borar yo'ling TURKISTONDIR (А5, yumshoq) 352 bet

Muallif: Zaynobidin Abdirashidov, NodiraEgamqulova
Nashriyot: Akademnashr
Sahifalar soni: 352
Muqova: Yumshoq
Alifbo: O'zbek
Kitob tili: O'zbek
Bo'lim: Тарихий асарлар
XX asr o'zbek milliy uyg'onish harakati - jadidchilikning yorqin vakillarining hamon dolzarbligini yo'qotmay kelayotgan uyg'oq fikrlari aks etgan ushbu to'plamga milliy va tashqi davriy nashrlarda e'lon qilingan safar xotiralari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga doir maqolalar, adabiy materiallar kiritildi. Shuningdek, Mahmudxoʻja Behbudiyning qator maqolalari va «Farg'ona xotiralari»ning davomi, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ismoil Obidiy, Ahlulloh Haybullin, Mo'minjon Muhammadjonov, Ahmadjon Bektemirov maqolalari, Abdurauf Muzaffarzoda qalamiga mansub tanqidiy maqolalar hamda «Ong umidlari» hikoyasi ilk bor e'lon qilinmoqda. Ushbu nashr XX asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy tafakkurining shakllanishi, milliy uyg'onish davri bilan qiziquvchi mutaxassislar hamda keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
2 dona xarid qilish mumkin